Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Andijon» Doniyor Abdumannopov bilan shartnomani uzaytirdi

«Andijon» Doniyor Abdumannopov bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Andijon» yangi mavsum uchun tarkibni yaxshilab shakllantirish jarayoni davom ettirmoqda va yangi taklif qilinayotgan ijrochilardan tashqari o‘tgan yili o‘ynagan futbolchilardan shartnomasini uzaytirayotganlari ham bor.

Jumladan, muxlislarning mehrini qozongan yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov bilan amaldagi kelishuv joriy yilgi mavsum uchun ham amal qiladi va tomonlar bu borada bir to‘xtamga keldilar.

Xabaringiz bor, Abdumannopov asli Andijon farzandi va aynan «Andijon» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

U 2018-2021 yillar mobaynida jamoa sharafini himoya qilgan. 2025 yili esa yana klub safiga qaytdi. Doniyor o‘tgan yili 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta assistni bajardi.

Umumiy hisobda esa Abdumannopov «Andijon» libosida faoliyati davomida 72 ta o‘yinda maydonga tushgan va jami 10 ta gol urgan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:25, 06.01.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик