Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

BAAning «No Limits Sports» fondi O‘zbekistondan klub sotib olishi mumkin

BAAning «No Limits Sports» fondi O‘zbekistondan klub sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirligining No Limits Sports investisiya fondi Yevroosiyo mintaqasidan futbol klublarini xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, fond mazkur jarayonda O‘zbekistonga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Fondning Yevrosiyo yo‘nalishi prezidenti Vadim Andreevning ma’lum qilishicha, hozirda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Gruziya va Qozog‘istondagi klublar tahlil qilinmoqda:

“Shuni alohida qayd etish joizki, hozirda O‘zbekiston, Belarus, Gruziya va Qozog‘istondagi loyihalarni ham ko‘rib chiqyapmiz. Yaqin vaqt ichida 10–12 ta klubni tahlil qilib, fond investorlariga taqdim etish uchun batafsil hisobot tayyorlashni rejalashtirganmiz. Bu orqali aktivlar o‘sishi va investisiya qaytimi nuqtayi nazaridan eng istiqbolli ob’ektlarni aniqlaymiz”, dedi Andreev.

Andreevning ta’kidlashicha, fond uchun klubning tarixi, infratuzilmasi, yoshlar akademiyasi hamda hududiy futbol maktablari bilan ishlash salohiyati muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, No Limits Sports davlat va xususiy sektor hamkorligiga asoslangan modelni ustuvor deb hisoblaydi. Bu yondashuv hududiy resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish va klubni tezroq rivojlantirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, fond Rossiyaning Volgograd shahridagi “Rotor” klubiga ham qiziqish bildirgan. Biroq boshqa mamlakatlardagi qaysi klublar ro‘yxatda bor ekanligi oshkor qilinmagan. Fond rahbariyatiga ko‘ra, aniq qarorlar tahlil jarayoni yakunlangach qabul qilinadi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli kechsa, ayrim klublar bilan 6–12 oy ichida kelishuvlar imzolanishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:43, 06.01.2026.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик