Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Barselona" "Nyukasl" himoyachisini sotib olishni maqsad qilgan

"Barselona" "Nyukasl" himoyachisini sotib olishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

"Nyukasl" himoyachisi Lyuis Xoll "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Barca Universal xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"ning fikricha, Alexandro Baldega himoyaning chap qanotida raqobatchi kerak, ingliz esa universalligi va yoshligi bilan ajralib turadi.

Xoll "Nyukasl"ga 2024 yilning yozida "Chelsi"dan 33 million yevro evaziga o‘tgandi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali angliyalikni 32 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:56, 06.01.2026.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.