Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Xumoyunmirzo Iminov: «Bunday atmosferada o‘ynashni niyat qilgandim»

Xumoyunmirzo Iminov: «Bunday atmosferada o‘ynashni niyat qilgandim»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubining yangi mavsum oldidan amalga oshirgan navbatdagi transferlaridan biri — Xumoyunmirzo Iminov bo‘ldi. 25 yoshli iste’dodli yarim himoyachi endilikda bor e’tiborini «Burgutlar»ning g‘alabalariga qaratgan.

Klub matbuot xizmati Xumoyunmirzo Iminov bilan suhbat uyushtirdi.

— Xumoyunmirzo, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklifni qabul qilishda kim bilan maslahatlashdingiz?
— Avvalo, Andijon muxlislariga assalomu alaykum. Taklif masalasida dadam va akam bilan maslahatlashdim.

— Rostini aytsam, shunday taklif bo‘lishini kutganmidingiz va uni qanday qabul qildingiz?
— To‘g‘risini aytsam, taklif bo‘lishini kutmagan edim. Lekin bunday atmosferada o‘ynashni niyat qilgandim. Shu sababli taklifdan juda xursand bo‘ldim.

— Bilasiz, bu mavsumda jamoaning maqsadlari va rejalari katta. Tarkib kuchaytirilmoqda, raqobat ham yuqori bo‘ladi. O‘zingizni ko‘rsatishga tayyormisiz?
— Men ham jamoaga qo‘ldan kelgancha maqsad va rejalarni amalga oshirish yo‘lida o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Men raqobatga tayyorman. Xudo xohlasa, o‘zimni yaxshi taraflama ko‘rsatishga harakat qilaman.

— «Burgutlar» a’zosiga aylanishingizni faoliyatingizda qanday bosqich deb baholaysiz?
— Yuqori bosqich, deb hisoblayman. Xudo xohlasa, bu mening futbolchi sifatida o‘sishimga yordam beradi.

— O‘zingiz uchun raqam tanladingizmi?
— 10 va 11-raqamlarni juda yoqtiraman. Shulardan birini tanlagan bo‘lardim.

— «Andijon»ga o‘tganingizdan keyin sizni birinchi bo‘lib kimlar tabrikladi?
— Dadam, onam va akam birinchi bo‘lib tabriklashdi.

— Muxlislar uchun nima demoqchisiz?
— Muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman va jamoamizning yaxshi natijalar qayd etishida o‘z hissamni qo‘shish uchun bor kuchimni sarflayman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 16:04, 06.01.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик