"Lokomotiv" tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri — Shuhrat Muhammadiyev yana "temiryo‘lchilar" safiga qaytdi.
Shuhrat Muhammadiyev «Lokomotiv» tarkibida 116 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 14 ta golli uzatmani qayd etgan. Tajribali himoyachi yangi mavsumda ham "Loko" sharafini himoya qiladi.













