Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Andijon» bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Andronikashvilining faoliyatiga nazar tashlaymiz

«Andijon» bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Andronikashvilining faoliyatiga nazar tashlaymiz

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yayotgan «Andijon» klubi gruziyalik yarim himoyachi Aleksandre Andronikashvilini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Andronikashvili 1999 yilning 9 aprel sanasida Gruziyaning Tiflis shahrida tavallud topgan.

U faoliyatini asosan Gruziya chempionatida o‘tkazgan bo‘lib, bungacha «FS 35», «Lokomotiv» (Tbilisi), «Shukura» va «Dila» klublarida to‘p surgan. Futbolchi o‘tgan mavsum «Dila» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi. Jamoasi bilan mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mavsum yakunida Liganing ramziy jamoasidan o‘rin oldi.

Futbolchi xalqaro maydonda ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. U Gruziya U21 terma jamoasi safida Yevropa chempionati saralash uchrashuvlarida ishtirok etib, Fransiya va Shveysariya kabi kuchli futbol maktablariga ega terma jamoalarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:30, 06.01.2026.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик