Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Andijon»: Abbos Abdug‘afforov bilan shartnoma uzaytirildi, ikki nafar Osiyo chempionlari jamoaga qo‘shildi

«Andijon»: Abbos Abdug‘afforov bilan shartnoma uzaytirildi, ikki nafar Osiyo chempionlari jamoaga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Andijon» futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni saqlab qolish va kuchaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Jamoa rahbariyati yosh va istiqbolli futbolchilarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Jamoaning iste’dodli yarim himoyachilaridan biri Abbos Abdug‘afforov bilan mehnat shartnomasi uzaytirildi. 2004 yil 30 dekabr kuni tavallud topgan futbolchi shu paytga qadar asosan «Andijon» U-21 jamoasi safida to‘p surib kelgan. O‘tgan mavsum u Superliga hamda OCHL-2 musobaqalarida debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Klub mutaxassislari Abbosni jamoada yorqin kelajak kutayotganiga ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, «Andijon» navbatdagi transferini amalga oshirib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan darvozabon Ne’matulloh Rustamjonovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 2008 yil 17 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan futbolchi faoliyatini «Paxtakor»da boshlagan, keyinchalik «Odil Junior» akademiyasida tahsil olgan.

U 2024 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida 3 ta o‘yindan 2 tasida maydonga tushib, darvozasini daxlsiz saqlagan. Shuningdek, o‘tgan yili U-17 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan qit’a chempioni bo‘ldi va turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Ushbu musobaqada 5 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta «quruq» o‘yin o‘tkazgan. Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham qatnashgan.

Bundan tashqari, «Burgutlar» safini yana bir Osiyo chempioni va turnir to‘purari — Asilbek Aliyev to‘ldirdi. 2009 yil 1 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tavallud topgan futbolchi 2019 yildan «Odil Junior» akademiyasida tahsil olgan.

O‘tgan mavsum u birinchi ligada «Olimpiya» klubi sharafini himoya qilib, 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Asilbek Aliyev O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan 2025 yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida g‘olib chiqqan va 6 ta o‘yinda 5 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan. Shuningdek, u o‘tgan yili U-17 jahon chempionatida (Qatar) ham ishtirok etib, bir gol muallifi bo‘lgan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:18, 06.01.2026.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.