Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Alonso masalasi hal bo‘lmaguncha Vinisius shartnomani uzaytirmaydi

Alonso masalasi hal bo‘lmaguncha Vinisius shartnomani uzaytirmaydi

Baho:
+ | -

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi o‘z kelajagini jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso masalasi bilan bog‘lamoqda.

Manbalarga ko‘ra, Vinisius va Xabi Alonso o‘rtasidagi munosabatlar hanuz tarangligicha qolmoqda. Hujumchi bir necha bor almashtirilganidan norozi bo‘lgan. Shu sabab futbolchi murabbiylik masalasida aniqlik bo‘lmaguncha uzoq muddatli shartnoma tuzishni istamayapti.

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar amal qiladi. Klub kelasi yilni muhim bosqich sifatida baholamoqda, chunki shartnoma uzaytirilmasa, futbolchini yuqori narxda sotish imkoniyati sezilarli darajada kamayishi mumkin.

“Real Madrid” rahbariyati vaziyat o‘zgarmagan taqdirda Vinisiusni transferga qo‘yish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres yakuniy qarorni murabbiy masalasi hal bo‘lgach qabul qilishni rejalashtirmoqda. Asosiy yo‘nalishlar — shartnomani uzaytirish yoki futbolchini sotish.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:33, 06.01.2026.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик