Oldin xabar berganimizdek, «Andijon» bugun Toshkent halqaro aeroportida soat 10:00 da Toshkent-Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga yo‘l oladi va u yerda «Burgutlar»ning yangi mavsum uchun asosiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi.
Jamoa murabbiylar va tibbiyot shtabiga yangi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, futbolchi sifatida o‘z vaqtida «Andijon» sharafini himoya qilgan, o‘tgan yili «Bunyodkor»da faoliyat olib borgan Dmitriy Krayev endilikda «Andijon»da tahlilchi vazifasida ish olib boradi. Shuningdek, buxorolik shifokor Olimjon Ne’matov ham yangi mavsumdan e’tiboran «Burgutlar»da faoliyat olib boradi. Qolaversa, massajchi Bahodir Tashbekov ham jamoa a’zosiga aylandi.
Jamoaning delegasiya tarkibi bilan tanishing:
Bosh murabbiy: Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy: Grigoriy Kolosovskiy
Murabbiylar: Denis Toymensev, Elyor Rahmatullayev
Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Sinelnikov
Tahlilchi: Dmitriy Krayev
Shifokorlar: G‘ofurjon Jo‘rayev, Olimjon Ne’matov
Massajchilar: Bahodir Tashbekov, Omatillo Ortiqov, Aziz Karimov
Administratorlar: Bekzod Karimov, Xursandbek Qosimov
Matbuot kotibi: Shuhratbek Jo‘rayev
Operator tahlilchi: Ilhom Iminov
Darvozabonlar: Eldor Adhamov, Rahim Davronov, Ne’matulloh Rustamjonov.
Himoyachilar: Ibrohim Yo‘ldoshev, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Elbek Vohidovich, Abdulvohid G‘ulomov, Igor Golban, Kristian Novak, Bekzod Sulaymonov.
Yarim himoyachilar: Abbos Abdug‘afforov, Sardor Azimov, Humoyunmirzo Iminov, Doniyor Abdumannopov, Bektemir Abdumannonov, Damir Temirov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadkarim Toirov, Imeda Ashortia, Usmonali Ismonaliyev.
Hujumchilar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Dragan Cheran, Asilbek Aliyev.
Rustamjonov, Cheran, Chalasan, Novak Ashortia va Golban Turkiyadagi yig‘inda qo‘shilishadi.
Shuningdek, Shoxjahon Yorqinboyev U-23 terma jamoamiz bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgani bois «Andijon»ning yig‘iniga keyinroq yetib keladi.













