Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Superliga-2026. O‘zPFL taqvim rejasi klublar bilan kelishib oldi

Superliga-2026. O‘zPFL taqvim rejasi klublar bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiya milliy terma bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning JCH-2026 uchun rejasini O‘zbekiston professional futbol ligasiga taqdim etdi. Endilikda may oyining 5-sanasidan boshlab Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyati mavjud emas. Shu tariqa, Liga avgust oyidayoq ishlab chiqilgan taqvim rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Biz 24 soat ichida yangi rejani klublarga taqdim etdik va ular belgilangan muddatda yangi taqvimga rozilik bildirdi. Milliy jamoa 5 may sanasidan e’tiboran mahalliy futbolchilar ishtirokida yig‘inga kirishadi va 10, 17, 24 may kunlari Superliganing yetakchi klublariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Jarayon iyun oyidagi FIFA kunlari hamda Jahon kubogiga ulanib ketadi.

May, iyun, iyul oylari davomida katta tanaffus yuzaga kelayotgani, bu Superliga yaxlitligiga ta’sir ko‘rsatayotganligini inobatga olgan holda, may oyining qolgan qismi O‘zbekiston kubogi bilan davom ettiriladi.  

O‘z navbatida, Liga Osiyo kubogi-2027 yaqinlashib kelayotganligini ham hisobga oldi. Bosh jamoaga nomzod futbolchilarning dekabr oyi davomida qisqa ta’tilga chiqishi va keyinchalik Osiyo kubogi oldidan yig‘inlarga kirishishi dolzarb masala hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, JCH-2026 yakunidan keyinga reja qilinayotgan mavsumning ikkinchi qismi 20 iyul sanasidan davom ettiriladi.

Superliganing so‘nggi turi 3 dekabr sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘tish o‘yinlari va O‘zbekiston kubogining yarim finalida ishtirok etmaydigan klublar shu sanadan keyin tanaffusga yo‘l oladi. O‘tish o‘yinidan joy olgan jami to‘rt uchrashuv qisqa vaqt ichida tashkil etilishi, og‘ir mavsumdan keyin klublar uchun ehtimoliy raqiblardan kelib chiqadigan lokasiya bilan bog‘liq muammolarni yengillashtirish, futbolchilarning uchrashuvlar oralig‘ida tiklanish imkoniyatlarini hisobga olib, markazlashtirilgan holda Toshkentda o‘tkaziladi.

Yozgi transfer oynasi 22 iyun — 24 iyul sanalari oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Mazkur davrda klub safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchining qaydnomaga kiritilishiga Superliganing 14-turidan e’tiboran ruxsat beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:09, 08.01.2026.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик