Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Ravshan Haydarov: «Bolalarcha qilingan xatolarni Eron bilan takrorlamasligimiz kerak»

Ravshan Haydarov: «Bolalarcha qilingan xatolarni Eron bilan takrorlamasligimiz kerak»

Baho:
+ | -

U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Livanga qarshi og‘ir uchrashuvdan so‘ng (3:2) O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ravshan Haydarovning ta’kidlashicha, dastlabki o‘yin bo‘lgani sabab futbolchilar bahsni biroz hayajon bilan boshlagan.

“Albatta, birinchi uchrashuv muhim edi. Shu sabab futbolchilarimiz bahsni bir oz hayajon bilan boshlashdi. Dastlabki 15 daqiqadan so‘ng esa o‘zimizni qo‘lga olib, o‘yinni nazorat qila oldik. So‘nggi daqiqalarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni esa ko‘proq charchoq bilan bog‘lash mumkin. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning o‘yinga tez kirishib ketishi bir oz qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, hisob 3:2 va eng muhimi — biz muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik”, dedi murabbiy.

So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar sabablariga to‘xtalar ekan murabbiy buni jismoniy va psixologik omillar bilan izohladi.

“Konsentrasiya yo‘qotildi, oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik, yakka kurashlarda yutqazdik, kerak bo‘lmagan joylarda jarima zarbalarini yuzaga keltirdik. Bu holatlarni asosan charchoq va psixologik omillar bilan bog‘layman. Umuman olganda, o‘yin sifati biz xohlagandek bo‘ldi, ammo ayrim taktik xatolar ham kuzatildi”, deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Shuningdek, Ravshan Haydarov guruhdagi asosiy raqiblar — Janubiy Koreya va Eron o‘yinida durang qayd etilganiga ham to‘xtalib, asosiy e’tibor o‘z jamoasining harakatlariga qaratilishini ta’kidladi.

“Raqiblarning o‘yinini kuzatamiz va tahlil qilamiz, ammo ko‘proq o‘zimizning harakatlarimiz ustida ishlashimiz kerak. Keyingi raqibimiz — Eron. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik bugunoq boshlangan”, dedi u.

Eron bilan bo‘ladigan bahs haqida gapirar ekan, murabbiy jamoada xatolar ustida ishlash uchun yetarli vaqt borligini aytib o‘tdi.

“Bizda ikki kun vaqt bor. Eron terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinini ko‘rib, chuqur tahlil qilamiz. Yosh futbolchilarga xos bo‘lgan xatolarni bo‘lajak uchrashuvda takrorlamaslikka harakat qilamiz. Har bir o‘yinga alohida strategik tayyorgarlik ko‘ramiz va kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz”, dedi O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Uchrashuvdan so‘ng Saidumarxon Saidnurullayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi o‘yinning birinchi bo‘limi biz uchun qiyin kechdi. Shunga qaramay, o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik va bizga kerak bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Menimcha, bunda charchoq o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, konsentrasiyani ham yo‘qotib qo‘ydik. Keyingi uchrashuvlarga yanada jiddiyroq tayyorlanib, xatolarni bartaraf etishga harakat qilamiz”, dedi jamoa sardori.

Ma’lumot uchun, 2028 yilgi Los Anjelos Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mazkur turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 10 yanvar kuni Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv yana “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:26, 08.01.2026.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.