Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Benzema "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi finaliga tashrif buyuradi

Benzema "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi finaliga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Al-Ittihod" sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatadi.

Marca xabariga ko‘ra, hujumchi "qaymoqranglilar"ni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘yinga keladi. Uchrashuv 11 yanvar kuni Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) "Qirol Abdulla Sport Siti" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real" Madridning "Atletiko" klubini mag‘lub etgan bo‘lsa (2:1), "Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubini tor-mor etdi (5:0).

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema 2009-2023 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. Umuman olganda, u Madrid klubi safida 648 ta o‘yin o‘tkazib, 354 ta gol urgan va 156 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Qaymoqranglilar" safidagi o‘yinlari davomida fransuz "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:01, 09.01.2026.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик