Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" "Chelsi" asosiy tarkibidan chetlatilgan futbolchiga qiziqmoqda

"Napoli" "Chelsi" asosiy tarkibidan chetlatilgan futbolchiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" vingeri Rahim Sterling faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchini "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Neapol klubi futbolchiga yana qiziqish bildira boshladi.

Rahim Sterling 2022 yilda "Manchester Siti"dan 56 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tgandi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda 31 yoshli vinger "ko‘klar"ning asosiy jamoasida birorta o‘yinda maydonga tushmadi va "Chelsi"ning yoshlar jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, chunki u klubning rejalariga kiritilmagan. Transfermarkt portali Sterlingni 5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:58, 09.01.2026.
O'qildi: 1457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.