Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«PSJ» Dembele bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

«PSJ» Dembele bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» klubi hujumchi va «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda moliyaviy shartlar bo‘yicha qarama-qarshiliklar tufayli qiyinchilikka uchrayapti, deb xabar berdi RMC Sport.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi fransuz futbolchisiga yiliga taxminan 30 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi vakillari bu summani qariyb ikki barobar ko‘p — 60 million yevroga yetkazishni talab qilmoqda.

28 yoshli Dembelening amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Uning muzokaralardagi pozisiyasi 2024/2025 mavsumidagi muvaffaqiyatlari orqali sezilarli darajada mustahkamlangan: futbolchi shu mavsumda «Oltin to‘p», The Best mukofoti va Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritgan. Shu mavsumda PSJ tarixida ilk bor Yevropa klublarining eng asosiy musobaqasida g‘olib chiqdi.

Klub e’tiroficha, Dembele bu muvaffaqiyatda hal qiluvchi rol o‘ynagan, biroq yangi shartnoma tuzishda PSJ rahbariyati maoshlar balansiga e’tibor qaratishi va asosiy oyliklarni keskin oshirishdan qochishi lozim. Parijliklar bonuslar va o‘zgaruvchan to‘lovlar tizimiga tayanmoqda, doimiy oyliklarni katta hajmda oshirishdan voz kechmoqda.

Shu kabi yondashuv avval Janluidji Donnarumma bilan muzokaralarda ham qo‘llanilgan va natijada u PSJni tark etgan hamda «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. Manbaga ko‘ra, shunga o‘xshash ehtiyotkorlik Dembele bilan muzokaralarda ham, shuningdek Vilyan Pacho kabi boshqa asosiy futbolchilarning kelgusi shartnomalari muhokamasida ham qo‘llanilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:35, 10.01.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик