Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Angliya kubogi g‘olibi «Kristal Pelas» 6-divizion klubiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi

Angliya kubogi g‘olibi «Kristal Pelas» 6-divizion klubiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 3-bosqichi doirasida oltinchi ingliz divizionida ishtirok etuvchi «Maklsfild Taun» hamda amaldagi kubok sohibi «Kristal Pelas» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Angliyaning Maklsfild shahrida joylashgan «Moss Rouz» stadionida bo‘lib o‘tdi. Maydon egalari 2:1 hisobida sensasion g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi hisob 43-daqiqada «Maklsfild Taun» yarim himoyachisi Pol Douson tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Isaak Bakli-Rikkets mezbonlar ustunligini ikki golga yetkazdi.

Uchrashuv so‘nggi daqiqalarida, 90-daqiqada mehmonlar hujumchisi Yeremi Pino bitta gol bilan javob qaytardi, biroq bu «Kristal Pelas»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Qayd etish joiz, bu 1909 yildan beri ilk bor non-liga (5-divizion va undan past) klubi Angliya Kubogi sohibi bo‘lgan jamoani musobaqadan chiqarib yuborgan holat sifatida tarixga kirdi.

Angliya kubogi, 3-bosqich
10 yanvar 2026 yil, shanba. Maklsfild, «Moss Rouz»
Maklsfild Taun — Kristal Pelas — 2:1
Gollar: 1:0 — Pol Douson (43), 2:0 — Isaak Bakli-Rikkets (60), 2:1 — Yeremi Pino (90)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:04, 10.01.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик