Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Manba: Mario Balotelli yangi klub bilan shartnoma imzoladi

Manba: Mario Balotelli yangi klub bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettiradi. Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, tajribali forvard Dubayning «Al-Ittifoq» klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

35 yoshli futbolchi 2025 yil iyul oyida «Jenoa»dan ketganidan so‘ng jamoasiz qolgan edi. Bir necha oylik tanaffusdan keyin Balotelli «Al-Ittifoq» bilan ikki yarim yillik shartnoma tuzdi. Ayni paytda ushbu jamoa Saudiya Arabistoni Birinchi ligasi — mamlakatning kuch jihatdan ikkinchi divizioni turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida joylashgan.

Ma’lum qilinishicha, transfer rasmiy ravishda 12 yanvar kuni rasmiylashtirilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, 2025 yil kuzida klub prezidenti lavozimini egallagan Pyetro Latersa uchun Balotellining transferi ilk transfer hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda hujumchi maydonga kam tushgan: u olti o‘yinda qatnashib, jami 56 daqiqa harakat qildi, natijali harakatlar qayd etmadi va ikki sariq kartochka oldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:00, 11.01.2026.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик