Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Arsenal”, “CHelsi” va “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun kurashga kirdi

“Arsenal”, “CHelsi” va “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun kurashga kirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 3 ta nomdor klubi — “Arsenal”, “Chelsi” va “Liverpul” “PSJ” vingeri Bredli Barkolyani o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi kelasi yozda fransuz yetakchisini tark etishi mumkin. Ammo “PSJ” mavsum o‘rtasida Bredli bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, mavsum oxirida Barkolya bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

“Arsenal”ga raqib himoyachilarini aldab o‘tadigan va hujumning so‘nggi nuqtasida kutilmagan harakatlar qiladigan futbolchi kerak. Bredli Barkolya aynan shu talablarga javob beradi. Shu bilan birga, “Liverpul” “Bavariya”ga o‘tgan Luis Diasning o‘rnini to‘liq to‘ldira olmadi. Shuningdek, Kodi Gakpo kutilgan darajada o‘ynay olmadi. Jamoa aynan shu hududga sifatli futbolchi olib kelishi zarur. Shu bois Barkolya ideal variant sifatida ko‘rilmoqda. “Chelsi” ham bir necha hujumchi futbolchiga sarmoya kiritgan bo‘lsa-da, ushbu pozisiyaga to‘liq moslashib ketadigan futbolchi topa olmayapti.

Ma’lumot uchun, Barkolya “PSJ” safida 2023 yil yozidan beri o‘ynab keladi. Joriy mavsum futbolchi barcha musobaqalarda jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golva 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:34, 11.01.2026.
O'qildi: 2181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик