Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" "Real"ga 60 million yevro to‘lashga tayyor

"Tottenxem" "Real"ga 60 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+2 | -

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" allaqachon "qaymoqranglilar"ga 60 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.

Aytish kerakki, Dias joriy Afrika Millatlar Kubogida Marokash terma jamoasining eng yorqin o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Dias 5ta gol bilan musobaqa to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Bu mavsumda 26 yoshli Dias "Real" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:36, 11.01.2026.
O'qildi: 3122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.