Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Neftchi»ning Turkiyadagi ilk raqibi — «Qorabog‘» klubi haqida

«Neftchi»ning Turkiyadagi ilk raqibi — «Qorabog‘» klubi haqida

Baho:
+ | -

«Neftchi» bugun Antaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib — Ozarbayjonning kuchli jamoalaridan biri «Qorabog‘». Ushbu jamoa haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ozarbayjonning eng kuchli va nufuzli klublaridan biri sanalgan «Qorabog‘» futbol klubi 1951 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarixan Og‘dam (Qorabog‘) shahri bilan bog‘liq. «Otliqlar» laqabi bilan tanilgan jamoa o‘zining ramziy otlari va jangovor ruhi orqali mamlakat futbolida alohida o‘rin egallab kelmoqda.

Jamoa uy uchrashuvlarini asosan «Azersun Arena» stadionida o‘tkazadi. Ayrim yirik Yevropa bellashuvlari esa Boku shahridagi Tofik Bahramov nomidagi Respublika stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Qorabog‘»ni 2008 yildan buyon mamlakat futbolida eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri sanalgan Gurban Gurbanov boshqarib kelmoqda. Klub prezidenti lavozimida esa Tohir Gyozel faoliyat yuritadi.

Yutuqlar jihatidan ham «Qorabog‘» Ozarbayjon futbolida yetakchi hisoblanadi. Jamoa Ozarbayjon Premyer-ligasida 12 marta chempion bo‘lgan (1993, 2013/14–2019/20, 2021/22–2024/25), shuningdek, Ozarbayjon Kubogini 8 bor qo‘lga kiritgan.

Yevropa maydonlarida ham «Qorabog‘» o‘z izini qoldirgan. Jamoa UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqan ilk ozarbayjonlik klub sifatida tarixga kirgan (2017/18). Shu bilan birga, klub UEFA Yevropa ligasi va boshqa qit’a musobaqalari guruh bosqichida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Joriy 2025/26 mavsumida ham «Qorabog‘» Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashib, Yevropa grandlariga qarshi bahs olib bormoqda va hozirda guruhda 22-o‘rinni egallab turibdi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 11:42, 12.01.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик