Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Tarmoqlarda Ronalduning g‘alati harakati muhokama qilinmoqda

Tarmoqlarda Ronalduning g‘alati harakati muhokama qilinmoqda

Baho:
+ | -

"An-Nasr" dushanba kuni "Al-Hilol" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘limda gol urgan Krishtianu Ronaldu 83-daqiqada zaxiraga olindi.

1:2 hisobida maydonni tark etayotgan yulduz hujumchi bundan norozi bo‘ldi. Ronaldu sardorlik bog‘ichini sherigiga uzatayotganda istehzoli jilmaydi. "Al-Hilol" esa penaltidan uchinchi golni urganida, Krishtianu o‘rindiqda g‘alati harakat qilib, barmoqlarini kameraga qaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning fikricha, Ronaldu adolatsiz hakamlikka shama qilgan.

Mag‘lubiyatdan so‘ng "An-Nasr" peshqadam "Al-Hilol"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 17:12, 13.01.2026.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик