Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«G‘azalkent» klubi Liga a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirdi

«G‘azalkent» klubi Liga a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirdi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga katta futbolni olib kirishni maqsad qilgan «G‘azalkent» futbol klubi Liga a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirdi.

Mazkur klubning tashkil etilishi, uning maqsadi, infratuzilma bunyod qilish uchun yo‘naltirayotgan investisiyasi hamda bolalar futboliga e’tibor berish orqali, ularning professional futbolga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish bo‘yicha rejasi 2025 yilgi mavsum davomida Liga bilan kelishib kelinmoqda.

Ayni vaqtda G‘azalkent shahrida joylashgan stadion hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq ishlar davom etmoqda. Liga va Assosiasiya kelishuviga ko‘ra, klub tez orada O‘FA qoshidagi futbol maktablaridan biri bilan shartnoma imzolashi ko‘zda tutilgan. Bu orqali klub minimum sakkiz yosh toifasidagi guruhlarni rivojlantirish, Toshkent viloyatining turli hududlarida filiallarni tashkil etish orqali, tarbiyalanuvchilarni Liga talab etgan ko‘rinishda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.

Stadion bilan bog‘liq hujjatlar to‘liq rasmiylashtirib bo‘lingach, «G‘azalkent» klubi shahardagi stadionni Liga talab etgan ko‘rinishga keltirish ishlarini boshlaydi. Infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida klub 12 milliard so‘m investisiya kiritishni rejalashtirgan. Barchasi reja bo‘yicha davom etsa, mavsumning ikkinchi yarmiga qadar stadion katta uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, klubning yillik xarajatlar smetasi Liga talab qilgan ko‘rinishda tasdiqlangan bo‘lib, u o‘z ichiga bir qator muhim jihatlarni qamrab olgan. Klub mavsumga tayyorgarlik doirasida xorijiy yig‘inda ishtirok etadi, shuningdek, yosh futbolchilar bilan individual ishlash tizimi xorijiy mutaxassislar tomonidan yo‘lga qo‘yiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga «G‘azalkent» klubini o‘z a’zoligiga qabul qilish masalasini Ijroiya qo‘mita kun tartibiga kiritdi. Endilikda stadion va futbol maktabi bilan bog‘liq masalalar o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:50, 13.01.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.