Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Vadim Abramov: «Hozir natijaga e’tibor bermaslik kerak»

Vadim Abramov: «Hozir natijaga e’tibor bermaslik kerak»

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentdagi yig‘in, «Xorazm»ga qarshi o‘rtoqlik bahsi (3:1) va ko‘rikdagi o‘yinchilar haqida fikrini bildirdi.

«Yaxshi sparring raqib, odatdagidek tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hozir natijaga e’tibor bermaslik kerak, chunki biz boshqa jihatlarga e’tiborimizni qaratganmiz. Ko‘rikda barchaga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat beryapmiz. O‘ylaymanki, bizni qiyin chempionat kutib turibdi, shunday ekan jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak.

Babaliyevning goli va assisti haqida? U ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi, hali ko‘rikda uni kuzatyapmiz. U biz bilan Dubaydagi yig‘inda qatnashadi, u yerda hammasi ma’lum bo‘ladi. Har holda legioner futbolchini hozirgi darajadagi o‘yinlar bilan ko‘rish boshqa, Dubaydagi boshqa darajada bo‘ladigan raqiblar bilan bahsda sinab ko‘rish boshqa masala. Yangi o‘yinchilar bu yerda yorqin ko‘rinishi, u yerdagi bahslarda esa bunday bo‘lmasligi mumkin. Shunday ekan, vaqt kerak bo‘ladi.

Firdavs Abdurahmonovning jarohatdan tiklanib qaytishi? Sekin-asta mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘shilmoqda. U endi milliy jamoa yig‘iniga boradi, eng asosiysi jarohatlar bo‘lmasligi. Bizdan 4 futbolchini taklif etishdi. Biz bilan birga Dubay yig‘iniga yo‘l olishadi, keyin u yerdan O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga borib qo‘shilishadi.

Jahongir Abdusalomovning tarkibda yo‘qligi sababi? U biroz shamollagan, anginasi bor. Bugun ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi, ungacha 4 kun mashg‘ulot o‘tkaza olmagandi.

Keyingi o‘yin? Navbatdagi nazorat bahsini OKMKga (14 yanvar) qarshi o‘tkazamiz. Keyin esa Xudo xohlasa Dubayga yo‘l olamiz», - dedi Vadim Karlenovich.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:02, 13.01.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.