Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

“Al-Ittihod” prezidenti: “Men chek beraman, Messi unga istalgan summani yozishi mumkin”

“Al-Ittihod” prezidenti: “Men chek beraman, Messi unga istalgan summani yozishi mumkin”

Baho:
+ | -2

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi prezidenti Anmar Al-Hailiy futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga tayyorligini ochiq aytdi.

“Agar Messi ‘Al-Ittihod’ bilan shartnoma imzolashni istasa, men unga chek beraman. Leo unga istalgan summani yozishi mumkin. Shuningdek, biz u bilan har qanday muddatli, hatto umrini oxiriga qadar amal qiladigan bitim imzolashga ham tayyormiz. Men uchun Messining ‘Al-Ittihod’ libosini kiyishi puldan ustun turadi. Agar u jamoamiz bilan shartnoma imzolasa, liga boshlanishidan oldin chempionlikni nishonlaymiz. Sababi bizning tarkibda futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini bo‘ladi”, deydi Anmar Al-Hailiy.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Messi Parijdagi shartnomasi tugagach, unga 14 milliard yevro umumiy va yiliga 88 million yevro taklif qilgan, ammo futbolchi bu taklifni rad etgan. Chunki uning oilasi Amerikada yashashni afzal ko‘rgan:

“Men uning qarorini hurmat qilaman. Lekin shuni ham alohida ta’kidlashim kerakki, ‘Al-Ittihod’ eshigi Messi uchun har doim unga ochiq. U istalgan paytda kelishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi Jidda klubi rahbari.

Messi “Barselona” safida 17 yil (2003–2021) davomida to‘p o‘ynagan. Hujumchi ushbu davr mobaynida 778 ta o‘yinda ishtirok etib, 672 ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” bilan 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Argentinalik hujumchi keyinchalik Parijning “PSJ” klubi bilan shartnoma imzoladi va 2023-yilga qadar fransuz klubi sharafini himoya qildi. Hujumchi hozirda AQSHning “Inter Mayami” safida o‘ynamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:20, 13.01.2026.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.