Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

«Andijon» Turkiyadagi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Andijon» Turkiyadagi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

«Andijon» Antaliyadagi yig‘ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini Turkiyaning “Siverek Belediyespor” klubiga qarshi o‘tkazdi. Kutilganidek, murabbiylar ikkala bo‘limda ikki xil tarkibni sinovdan o‘tkazdi.

Bungacha kuniga ikki mahaldan shug‘ullanayotgan futbolchilar jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratishmoqda. Shu bois o‘yinga ham jismoniy yuklama bilan tushishdi. Shunga qaramay, jamoa a’zolari ancha ishonchli ko‘rindilar va buni natijada ham ko‘rsata oldilar.

O‘yindagi barcha gollar tanaffusdan keyin kiritildi. Avvaliga Doniyor Abdumannopov hisobni ochgan bo‘lsa, so‘ng Bekzod Sulaymonov jarima maydoni ichidagi vaziyatdan foydalanib aniq zarbasi bilan hisobni oshirdi. Bahs oxirlarida esa Andronikashvili raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va Bektemir Abdumannonovni birga-bir vaziyatga chiqardi. Yarim himoyachi ushbu imkoniyatdan foydalandi va o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 3:0.

O‘yinda barcha o‘yinchilarga imkoniyat berildi. Faqat Jamshid Boltaboyev, Nemanya Chalasan, Kristian Novak, Abdulvohid G‘ulomov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov alohida dastur asosida shug‘ullanishayotgani uchun maydonga tushishmadi. Keyingi bahslarda ularni ham maydonda ko‘ramiz.

Jamoaning keyingi o‘yini 16 yanvar kuni Vengriyaning «Vashash» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Nazorat o‘yini
“Siverek Belediyespor” (Turkiya) - «Andijon» - 0:3 (0:0).
13 yanvar. Antaliya. «Fanatik» arena.
Bosh hakam: Goksel Kirikoglu.
Qanot hakamlari: Kenan Yilmaz, Muhammad Usar.
"Siverek Belediyespor": Sefa Ardol, Emre Kutlu, Hamza Alkan, Deniz Ozeshim, Yefshon Gechgin, Xasan Chetiner, Sardar Shoin, Yunus Emre, Salix Kazan, Furkan Demir, Nixat Kaynar.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Xasan Basri, Mustafo Keklik, Ali Irturk, Berkay Yildiz, Farxad Choban, Burak Oltingo‘k, Furkan Yid, Abdulbaki Kilich, Volkan Alan, Axmad Doan.
«Andijon»: Rahim Davronov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Bekzod Sulaymonov, Abbos Abdug‘afforov, Sardor Azimov, Xumoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Imeda Ashortia, Asilbek Aliyev.   
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Eldor Adhamov, Igor Golban, Ibrohim Yo‘ldoshev, Muhammadkarim Toirov, Usmonali Ismonaliyev, Aleksandr Andronikashvili, Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov, Elbek Voxidovich, Dragan Cheran.
Gollar: Doniyor Abdumannopov, 55 - 0:1. Bekzod Sulaymonov, 77 - 0:2. Bektemir Abdumannonov, 89 - 0:3.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:20, 14.01.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.