Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Obameyang Gabon terma jamoasiga qaytdi

Obameyang Gabon terma jamoasiga qaytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Gabon futbol assosiasiyasi terma jamoa Afrika Millatlar Kubogidan chiqib ketganidan keyin unga nisbatan qo‘llanilgan hukumat choralari bekor qilingani va futbolchilar Pyer-Emerik Obameyang va Bruno Mangaga nisbatan sanksiyalar olib tashlanganini e’lon qildi.

Jamoa qit’a chempionatining guruh bosqichidan muddatidan oldin chiqib ketganidan so‘ng qat’iy sanksiyalar qo‘llanildi. "Yangilanish" doirasida butun murabbiylar shtabi tarqatib yuborildi, shuningdek, Obameyang va Mangani terma jamoaga chaqirish taqiqlandi.

Futbol federasiyasi dushanba kuni "hukumatning milliy terma jamoa faoliyatini to‘xtatish va ikki futbolchini chetlatish bo‘yicha chora-tadbirlari" bekor qilinganini ma’lum qildi. Butun jamoa murabbiylar shtabining ishdan bo‘shatilishi o‘z kuchida qoldi.

"Hukumatning milliy terma jamoa faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlari, shuningdek, milliy terma jamoaning Afrika Millatlar Kubogidagi qoniqarsiz natijalari tufayli futbolchilar Pyer-Emerik Obameyang va Bruno Mangani chetlatish bekor qilindi," - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 17:10, 14.01.2026.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик