Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

“PSJ” 2024/25 yilgi mavsumning eng ko‘p daromad qilgan klubi bo‘ldi

“PSJ” 2024/25 yilgi mavsumning eng ko‘p daromad qilgan klubi bo‘ldi

Baho:
+ | -

UYEFA 2024/25-yilgi mavsum bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unda Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida ishtirok etgan klublarga to‘langan mukofot pullari ochiqlandi.

Chempionlar Ligasi g‘olibi “PSJ” o‘tgan mavsumda 144,4 million yevro daromad bilan eng ko‘p pul ishlab topgan klublar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Finalda mag‘lub bo‘lgan “Inter” esa 136,6 million yevro ishlab topib, ikkinchi o‘rinni band etdi. Umuman olganda, Chempionlar Ligasida ishtirok etgan 36 klub o‘rtasida jami 2,47 milliard yevro mukofot puli taqsimlandi.

O‘tgan mavsumda 7 ta klub kamida 100 million yevro mukofot puli oldi. Bu avvalgi mavsumlarga nisbatan bir oz oshganini ko‘rsatmoqda. Chunki 32 jamoa qatnashgan eski formatda bu raqam atigi 5 ta klubni tashkil qilgan, umumiy fond esa 2,08 milliard yevro bo‘lgan. Chorak finalga chiqqan jamoalar orasida “Aston Villa” 100 million yevrodan kam daromad olgan yagona klub bo‘ldi — 83,7 million yevro. Bunga klubning UYEFA reytingi pastligi va Chempionlar Ligasiga 41 yillik tanaffusdan so‘ng qaytgani sabab bo‘lgan.

“Real Madrid” chorak finalda “Arsenal”ga yutqazgani sabab Chempionlar Ligasidan 102 million yevrodan kamroq daromad oldi. Bu 2024-yilgi mavsumiga nisbatan 37 million yevro kam. Shunga qaramay, madridliklar UYEFA Superkubogida “Atalanta”ni mag‘lub etgani uchun qo‘shimcha 5 million yevro ishlab topdi. “Atalanta” esa ushbu o‘yindan 4 million yevro daromad qilgan.

Chempionlar Ligasida eng kam daromad olgan klub Slovakiya chempioni “Slovan Bratislava” bo‘ldi — 22 million yevrodan kam. Jamoa liga bosqichidagi 8 ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan.

Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi

Chempionlar Ligasidan keyingi musobaqalar bilan daromadlar o‘rtasidagi farq katta bo‘ldi. Yevropa Ligasi g‘olibi “Tottenhem” atigi 41 million yevro ishlab topdi. Finalchi “Manchester Yunayted” esa 36 million yevro oldi. Konferensiyalar Ligasi g‘olibi “Chelsi”ga 21,8 million yevro to‘lab berildi. London klubi yangi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:35, 15.01.2026.
O'qildi: 2023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.