Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Martin Boake «Andijon»ga qaytdi

Martin Boake «Andijon»ga qaytdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum uchun tarkibini jiddiy kuchaytirayotgan «Andijon»dan navbatdagi transfer!

Italiya hamda Gana fuqarosi bo‘lgan tajribali hujumchi Martin Boake yana «Andijon»ga qaytdi. Olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topdi va tomonlar rasman shartnoma imzoladilar.

Yodingizda bo‘lsa, Boake 2021 yili ham «Burgutlar» safida yarim mavsum to‘p surgan. Yurtimizdagi faoliyatini aynan «Andijon»da boshlagan va yana u «Burgutlar»ga aylandi.

Ma’lumot uchun, Martin Boake

1995 yilning 10 fevral sanasida tavallud topgan. «Solesineke» (Italiya), «Kitzbyuxel» (Avstriya), «Xoxenems» (Avstriya), “Jeness Esh” (Lyuksemburg), «Slaven» (Xorvatiya), OKMK (O‘zbekiston), «Sindao» (Xitoy), “Buriram Yunayted” (Tailand) va «Boluspor» (Turkiya) klublarida to‘p surgan.

Boake «Andijon»ga kelishdan avval aynan Turkiya chempionatida «Boluspor» safida faoliyat olib borgan. U yerda 19 ta uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirgan.

Hozirga qadar Martin faoliyati davomida 308 ta o‘yinda 111 ta gol urgan va 16 ta golda assist vazifasini bajargan.

Boakeda 4 ta sovrin bo‘lib, «Buriram» tarkibida barcha yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:57, 15.01.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.