Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

2026-yilgi Jahon chempionati chiptalariga talab 500 milliondan oshdi — FIFA

2026-yilgi Jahon chempionati chiptalariga talab 500 milliondan oshdi — FIFA

Baho:
+ | -

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptalarga bo‘lgan talab juda yuqori ekanini ma’lum qildi. Tashkilot xabariga ko‘ra, turnir uchun 500 milliondan ortiq chipta so‘rovi kelib tushgan. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mezbon davlatlaridan tashqari eng ko‘p so‘rovlar Germaniya, Angliya, Braziliya, Ispaniya, Portugaliya, Argentina va Kolumbiya terma jamoasi muxlislari tomonidan yuborilgan.

Chiptalar savdosining uchinchi bosqichida (11 dekabrdan 13 yanvarga qadar) eng yuqori talab 27 iyun kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan Kolumbiya — Portugaliya uchrashuviga bo‘lgan. Shuningdek, 18 iyun sanasiga belgilangan Meksika va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘tkaziladigan bahs, 19 iyul kuni Nyu-Jersida bo‘ladigan final uchrashuvi hamda Meksika — Janubiy Afrika o‘rtasidagi ochilish o‘yini chiptalariga ham qiziqish yuqori bo‘ldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino turnir ahamiyatini ta’kidlab, stadionlar barcha muxlislarni sig‘dira olmasligini aytdi va Jahon chempionati doirasida stadiondan tashqari muxlislar uchun monitorlar o‘rnatilishini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Jahon chempionati uchun chiqarilgan ayrim toifadagi chiptalar narxi 8 680 dollargacha baholangan. Tanqidlar ortidan FIFA 48 ta federasiya uchun 60 dollarlik chiptalar ajratilishini e’lon qildi. Ushbu chiptalar “o‘z terma jamoasining o‘yinlariga tez-tez tashrif buyuradigan sodiq muxlislarga” berilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibi (Kongo – Yamayka/YAngi Kaledoniya) bilan “K” guruhidan joy oldi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi. “Oq bo‘rilar” ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “NRG” stadionida o‘tadi. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi oxirgi o‘yini esa Atlantadagi “Mersedes Benz” stadionda o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:49, 15.01.2026.
O'qildi: 322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.