Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Xitoy: o‘zaro uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilgan?

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Xitoy: o‘zaro uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilgan?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Guruh bosqichi yakuniga yetib, 16 jamoadan 8 tasi musobaqani tark etdi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar endi chorak final bosqichida kurashni davom ettiradi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi "C" guruhini peshqadam sifatida yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xitoy esa "D" guruhida Iroq (0:0), Avstraliya (1:0) va Tailand (0:0) terma jamoalariga qarshi bahslarda 5 ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

O‘zbekiston — Xitoy: o‘zaro uchrashuvlar
O‘zbekiston va Xitoy U-23 terma jamoalari Osiyo kubogi doirasida shu kunga qadar uch bor ro‘baro‘ kelgan bo‘lib, barcha uchrashuvlarda jamoamiz g‘alaba qozongan.

1. 2013 yil
U-22 maqomida ilk bor tashkil etilgan turnirda jamoamiz guruh bosqichida Xitoy bilan to‘qnash kelgan. Krimes va Sergeev kiritgan gollar evaziga raqib mag‘lub etilgan.
O‘zbekiston 2:1 Xitoy

2. 2018 yil
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U-23 terma jamoamiz Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Guruh bosqichida mezbon Xitoy Alijonovning yagona goli evaziga mag‘lub etilgan.
Xitoy 0:1 O‘zbekiston

3. 2020 yil
Tailandda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston va Xitoy "S" guruhidan o‘rin olgan. Qobilov va To‘xtasinov gollari evaziga jamoamiz ishonchli g‘alabaga erishgan.
O‘zbekiston 2:0 Xitoy

Shuningdek, jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari ham muntazam o‘tkazib kelinadi. So‘nggi bor 2025 yil noyabr oyida Xitoyda tashkil etilgan xalqaro turnir doirasida tomonlar o‘zaro to‘qnash kelib, bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

Uchrashuv oldidan
Chorak final bahsi arafasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi darvozaboni Samandar Muratbayev Xitoyga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Xitoy biz uchun begona jamoa emas. Ular bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Xudo xohlasa, o‘z o‘yinimizni namoyish etib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz."

Mazkur bosqichda g‘alaba qozongan jamoa yarim finalda Vyetnam — BAA uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Xitoy o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Jidda shahridagi "Prince Abdullah Al Faisal Sports City" stadionida start oladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:50, 16.01.2026.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.