Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

UFC prezidenti Makgregor va Chendler jangini Oq uydagi kechada o‘tkazish g‘oyasini rad etdi

UFC prezidenti Makgregor va Chendler jangini Oq uydagi kechada o‘tkazish g‘oyasini rad etdi

Baho:
+ | -

UFC jangchisi Maykl Chendler ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Konor Makgregor bilan jangi yozda, Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi. Shundan keyin UFC prezidenti Dana Uayt ushbu sportchilar o‘rtasidagi jangni yozda Oq uyda o‘tkazish g‘oyasini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi.

“Yo‘q. Bu gaplar bir necha yil oldin bo‘lgan. Hozir ular o‘rtasidagi bellashuv aktual mavzu emas”, dedi Uayt.

Shu bilan birga, Dana Uayt Makgregorning umuman oktagonga qaytishini istisno etmadi.

“Konor qaytadimi yoki yo‘qmi — ko‘ramiz. Bu mavzuda anchadan beri gapiryapmiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi”, deya qo‘shimcha qildi UFC prezidenti.

Ma’lumot uchun, Oq uydagi turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlab, 2026-yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:21, 16.01.2026.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.