Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Men bolalar bog‘chasiga murabbiylik qilish uchun kelmaganman” — Alonso nimadan norozi edi?

“Men bolalar bog‘chasiga murabbiylik qilish uchun kelmaganman” — Alonso nimadan norozi edi?

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlardan birida Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa futbolchilaridan keskin norozi bo‘lgan. Natijada u mashg‘ulot chog‘ida futbolchilarga qarata: “Men bolalar bog‘chasini mashq qildirish uchun kelganimni bilmasdim!”, deya baqirgan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

“Bu oddiy ogohlantirish yoki futbolchilarning e’tiborini tortish uchun aytilgan navbatdagi tanbeh emas edi. Bu — umidsizlik, charchoq va zerikishdan chiqqan qichqiriq bo‘lgan. Xabi Alonso anchadan beri futbolchilarining mashg‘ulotlarda talab etilgan darajadagi intizom va mas’uliyatni namoyon etmayotganidan norozi edi. Ayniqsa, taktik talablar masalasida. Mashg‘ulotlarda norozilik ifodalari, sust munosabat, pichirlashlar ko‘payib bordi. Oxiri Xabi bunga chiday olmadi va ichida uzoq vaqtdan beri yig‘ilib kelgan fikrni ochiq aytdi”, deyiladi Marca nashri bergan xabarda.

Qayd etilishicha, futbolchilarga nisbatan aytilgan ushbu “bolalar bog‘chasi” haqidagi ibora Alonsoning “Real”dagi faoliyatida yakunning boshlanishi bo‘lib qolgan.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso o‘tgan yozdan buyon “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 12 yanvar, dushanba kuni “qirollik klubi” ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik to‘xtatilganini rasman e’lon qildi. Uning o‘rniga klub yoshlar jamoasida ishlab kelayotgan Alvaro Arbeloa tayinlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:07, 16.01.2026.
O'qildi: 9761 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик