Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik juda xafa bo‘ldi

Flik juda xafa bo‘ldi

Baho:
+3 | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumkor yarim himoyachi Droning jamoadan ketish qaroridan juda xafa bo‘ldi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Flik futbolchining jarohat olishining oldini olish uchun asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashmasligini afzal ko‘rgan edi, futbolchi bu qarordan norozi bo‘ldi va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istar edi, murabbiy kelajakda futbolchi "Barcelona"ning asosiy futbolchisi bo‘lishini sabr qilishni so‘ragan edi.

"Racing"ga qarshi o‘yinda xavbek hech bir sababsiz o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Dro murabbiyning harakatidan xafa bo‘ldi. Xansi Flik nima uchun futbolchi qaydnoma kiritilmagani to‘g‘risida izoh xam bergani yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya va Germaniya klublari 18 yoshli futbolchining 6 million yevrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.

Kiritildi: 23:20, 16.01.2026.
O'qildi: 6398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик