Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Gexining "Manchester Siti"ga transferidan keyin pul oladi

"Chelsi" Gexining "Manchester Siti"ga transferidan keyin pul oladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" tarkibiga yaqin kelajakda himoyachi Mark Gexi kelib qo‘shiladi. "Kristal Pelas"ning 25 yoshli futbolchisi transferi haqida ko‘plab insayderlar yozmoqda, ammo moliyaviy shartlar turlicha ko‘rsatilgan.

Goal portali xabariga ko‘ra, Gexi transferi uchun "Chelsi" ham pul ishlab oladi. 2021 yilda "aristokratlar" "Kristal Pelas" himoyachisini sotganida, kelishuvda alohida band bor edi. Unga ko‘ra, "Chelsi" Gexining keyingi transferi summasining 20 foizini olishi kerak.

Shu tariqa, "Kristal Pelas" Angliya terma jamoasi himoyachisi transferidan keladigan daromadning beshdan bir qismini "Chelsi" bilan bo‘lishishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 08:20, 17.01.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик