Fransiyaning "Strasburg" klubi Liam Rosenyor jamoa bosh murabbiyligidan ketib, Londonning "Chelsi" klubiga o‘tganidan so‘ng ilk xaridini amalga oshirdi.
20 yoshli vinger Jasim Yasin Fransiya 2-ligasi vakili "Dyunkerk"dan sotib olindi.
Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, futbolchining transferi "Strasburg"ga yetti million yevroga tushdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Yassin Liga va Fransiya kubogida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.













