Kirish Ro'yxatdan o'tish

Raul Asensio Arbeloaning "Real" futbolchilariga qo‘yayotgan talablarini ma’lum qildi

Raul Asensio Arbeloaning "Real" futbolchilariga qo‘yayotgan talablarini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi himoyachisi Raul Asensio "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning futbolchilarga qo‘yayotgan talablari haqidagi savolga javob qaytardi.

- U bizdan rohatlanishni so‘rayapti. Bosh qahramon bo‘lish va hukmronlik qilish. Raqibga emas, o‘zingizga e’tibor qarating. Asta-sekin maqsadimizga erishamiz," - deya Asensioning so‘zlarini keltiradi AS.

17 yanvar, shanba kuni Arbeloa shogirdlari Ispaniya Primerasining 20-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi bahs olib bordi. Unda "Real" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 90-daqiqada Asensio zaxiraga olindi. Ispaniya chempionatidagi 20 o‘yindan so‘ng "Qirollik klubi" 48 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda.

Arbeloa "Real"ni 13 yanvar kuni qabul qilib oldi.

Kiritildi: 16:33, 18.01.2026.
O'qildi: 1808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик