Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" Italiya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

"Liverpul" Italiya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Liverpul" yozgi transferlar oxirida Mark Gexi bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, ammo transfer amalga oshmadi. Hozirda Gexi "Manchester Siti"ga o‘tish arafasida turibdi. "Liverpul" esa hamon himoyani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Mersisaydliklar e’tiborini "Inter" a’zosi Alessandro Bastoniga qaratdi. Bu haqda TEAMtalk’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Liverpul" Alessandro Bastoni timsolida uzoq muddatli istiqbolda Virjil van Deykning o‘rnini bosa oladigan futbolchini ko‘rmoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Bastoni 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:00, 18.01.2026.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик