Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Sadio Mane o‘zi tug‘ilgan qishloqqa qiymati 500 ming dollarga teng shifoxona qurib berdi

Sadio Mane o‘zi tug‘ilgan qishloqqa qiymati 500 ming dollarga teng shifoxona qurib berdi

Baho:
+ | -

Senegal terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Sadio Mane o‘z tug‘ilib o‘sgan qishloqqa qiymati 500 ming dollarga teng shifoxona qurib berdi. Endilikda ushbu tibbiyot muassasasida mahalliy aholi bepul davolanadi.

Bundan tashqari, Sadio Mane o‘zi tug‘ilib o‘sgan Bambali qishlog‘idagi har bir oilaga har oy 76 dollar (taxminan 100 ming naira) miqdorida moddiy yordam ko‘rsatib keladi. Futbolchi yoshlar uchun grant va stipendiyalar ajratadi, shuningdek, Mane ushbu hudud aholisini bepul internet tarmog‘i va barqaror elektr ta’minoti bilan ham ta’minlagan.

Sadio Mane ushbu holat haqida quyidagicha fikr bildirgan:

“Atrofingdagilar qiynalayotgan bir paytda milliardlarga egalik qilishning hech qanday ma’nosi yo‘q”.

Shuningdek, Senegal terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogida g‘alaba qozongan taqdirda, Sadio Mane mukofot pullarining katta qismini xayriya ishlariga yo‘naltirishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi final uchrashuvida Senegal Marokash ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Sadio Mane boshchiligidagi jamoa oltin medallar bilan birga 10 million dollar miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:47, 19.01.2026.
O'qildi: 2544 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик