"Atletiko" hujumchisi Aleksandr Syorlot yanvar oyida o‘tkazilgan 4 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.
Kecha Diyego Simeone jamoasi La Liganing 20-turi doirasida o‘z maydonida "Alaves"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona, g‘alaba golini Syorlot 48-daqiqada kiritdi.
Norvegiyalik futbolchi 2026 yil boshidan buyon "Atletiko" urgan 4 ta goldan 3 tasiga mualliflik qildi. Qayd etilishicha, ushbu uch golning barchasi bosh bilan kiritilgan. Shuningdek, Serlot jamoada o‘yindan gol ura olgan yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda: Ispaniya Kubogida "Deportivo"ga qarshi bahsda Antuan Grizmann jarima zarbasidan aniq ijro etgan edi.













