Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mbappe Vinisiusni himoya qildi

Mbappe Vinisiusni himoya qildi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe dam olish kunlari muxlislar tomonidan qattiq hushtakbozlikka duch kelgan Vinisius Juniorni himoya qildi.

"Men hushtak chalgan muxlislarni tushunmayman. Biz juda ko‘p xatolar qilayapmiz. Bu holat menga yoqmadi — agar hushtakbozlik bo‘lsa, butun jamoaga bo‘lishi kerak. Bitta futbolchini ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Biz jamoa sifatida yomon o‘ynayapmiz.

Bu Vinisiusning aybi emas. U ajoyib futbolchi. U juda yaxshi inson, u men uchun juda qadrli. Biz uni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak, u hammaga qarshi yolg‘iz qolmasligi shart.

"Real"da u yolg‘iz emas. Biz barchamiz u bilanmiz", — deya Mbappening so‘zlarini keltirdi insayder Fabrisio Romano.

Seshanba kuni, 20 yanvar sanasida, "Real" Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 17:52, 19.01.2026.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик