Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Islombek Mamatkazin: “Navbahor” bilan sovrinlar yutish niyatidaman”

Islombek Mamatkazin: “Navbahor” bilan sovrinlar yutish niyatidaman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, mahoratli himoyachi Islombek Mamatkazin yangi mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qiladi. Ayni paytda “lochinlar”ning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan futbolchi klub matbuot xizmati uchun maxsus intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etyapmiz.

- Islombek, Turkiyadagi mashg‘ulotlar qanday kechyapti?
- Juda yaxshi kechyapti. Shuningdek, bu yerdagi yig‘in davomida bir qator nazorat bahslari o‘tkazishni ham rejalashtirganmiz.

- “Navbahor”ga o‘tishingiz qanday yuz berdi?
- Bu qarorga kelishimga Timur Tohirovich Kapadzedan ko‘p narsa o‘rganish mumkinligi turtki berdi. Futbolchi sifatida yanada o‘sishim, rivojlanishim uchun Timur Tohirovichning qo‘l ostida mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘ynash ko‘p yordam beradi, degan umidda  “Navbahor” safiga qo‘shildim.

- Jamoamizning ko‘plab mashg‘ulotlarida ham qatnashdingiz, yangi muhit sizda qanday taasurot qoldirmoqda?

- “Navbahor” tarkibiga qo‘shilib, mashg‘ulotlarga kirishdim. Taassurotlar yaxshi. Jamoadagi ko‘plab futbolchilar bilan do‘stmiz, muhit esa kutganimdek, a’lo darajada.

- Siz vodiyni bir jamoasidan boshqa jamoasiga o‘tdingiz. Avvalgi mavsumlarda “Navbahor”ga qarshi kechgan ko‘plab “vodiy derbilari”da maydonga tushgansiz. Endi navbatdagi derbilarni qanday tasavvur etyapsiz?
- To‘g‘ri, “vodiy derbilari”da ko‘p qatnashganman. Derbi o‘z nomi bilan derbi va bunday o‘yinlar qachon hamda qayerda bo‘lmasin, qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan. Bu yilgi “vodiy derbilari” esa avvalgilaridan ham qiziqroq o‘tishiga shubha yo‘q. Boisi, joriy yilda vodiy jamoalarining o‘z oldiga yuqori maqsadni qo‘yayotgani bo‘lajak derbilarning jangovar hamda olovli  tarzda kechishidan dalolat bermoqda.

- Nechanchi raqamni yoqtirasiz va “Navbahor”da nechanchi raqamda o‘ynamoqchisiz?
- Menga 4-raqam yoqadi hamda “Navbahor”da ham ushbu raqam ostida to‘p tepish niyatidaman.

- Kelajakdagi orzu va rejalaringiz?
- “Navbahor” bilan sovrinlar yutish niyatidaman. Nasib etsa, barchasiga mehnatlarimiz orqali erishamiz.

- Faoliyatingiz davomida sizga ko‘p tashvish tug‘dirgan, zararsizlantirish qiyin bo‘lgan hujumchi kim?
- Faoliyatimdagi eng noqulay hujumchi bu Moskvaning SSKA jamoasi forvardi Anton Zabolotniy bo‘lgan. Moskvaliklarga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganimizda Zabolotniyga qarshi o‘ynashda ancha qiynalganman. Uning mahorati va darajasi ancha yuqori ekanligi, o‘zgacha darajadagi futbolchi ekanligi bilingandi.

- Mabodo sizga tanlash imkoniyati berilganida, “Navbahor”ga qaysi futbolchini taklif qilardingiz?
- Endi o‘yinchilarni taklif qilish bizga bog‘liq emas-ku, lekin shunaqa tanlov imkoniyati tug‘ilib qolsa, albaniyalik hujumchi Rubin Hebayni tanlagan bo‘lar edim. U bilan “Andijon”da birga o‘ynaganmiz hamda Hebayning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman va bu “Navbahor”ning yanada kuchayishiga yordam beradi, deb o‘ylayman.

Kiritildi: 21:13, 19.01.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик