Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani qachon uzaytirishi ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani qachon uzaytirishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi 30 yoshli hujumchisi Serj Gnabri klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Aytish joizki, Gnabri bilan mehnat shartnomasi yaqin orada uzaytirilishi haqidagi mish-mishlar o‘tgan yildan beri davom etmoqda.

Biroq jurnalist Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, hammasi rejadagidek ketmoqda. Uning ma’lumotiga ko‘ra, yangi shartnoma imzolanishi haqiqatan ham biroz cho‘zilmoqda, biroq u keyingi haftadayoq amalga oshishi kerak. "Bavariya" Gnabrining o‘yinlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda va uni yaqin kelajakda jamoa yetakchisi sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Gnabri barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nemisning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 16:41, 21.01.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик