Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Aus Open–2026: O‘zbekistonlik tennischilar turnirdagi ishtirokidan qancha mablag‘ ishlab oldi?

Aus Open–2026: O‘zbekistonlik tennischilar turnirdagi ishtirokidan qancha mablag‘ ishlab oldi?

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari — Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova 2026 yilgi mavsumning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionati yakkalik bahslarida ishtirok etdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Kamilla Rahimova ilk davrada dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv 2:6, 3:6 hisobida Rahimovaning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Polina Kudermetova esa musobaqani g‘alaba bilan boshladi. U birinchi bosqichda ispaniyalik Giomar de Rilesni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Biroq ikkinchi davrada daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga qarshi kechgan bahsda 3:6, 6:3, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yakkalik bahslaridagi ishtiroki orqali Kamilla Rahimova 101 ming AQSH dollari, Polina Kudermetova esa 151 ming AQSH dollari miqdorida kafolatlangan mukofot puliga ega bo‘ldi. Endi har ikki tennischi musobaqani juftlik yo‘nalishida davom ettiradi.

Turnirning amaldagi chempioni amerikalik Medison Kiz hisoblanadi. U 2025 yilgi finalda belaruslik Arina Sabalenkani 6:3, 2:6, 7:5 hisobida mag‘lub etib, faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Avstraliya ochiq chempionati 18 yanvardan 1 fevralga qadar Melburn shahrida o‘tkaziladi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 75 million AQSH dollariga yaqin bo‘lib, yakkalik bahslari g‘olibi 2 million 770 ming dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:07, 21.01.2026.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.