Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Eldor Shomurodov: “Boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayapman”

Eldor Shomurodov: “Boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayapman”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Istanbulning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning Anadolu nashriga intervyu berdi. Futbolchi suhbat davomida nima sababdan faoliyatini Turkiyada davom ettirgani hamda milliy terma jamoa haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shomurodovning ta’kidlashicha, mavsumning birinchi qismi “Bashakshehir” uchun oson kechmagan

“Birinchi davrada bir oz qiynaldik. Sababi yaxshi formada emas edik. Shuning uchun mavsum boshida o‘zimiz xohlagan natijalarga erisha olmadik. Biroq vaziyatni to‘g‘rilash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Hozirda Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiryapmiz, buning uchun hali imkoniyatimiz bor.

"Bashakshehir" bilan asosiy maqsadimiz ham Yevropa musobaqalarida ishtirok etish. Shu yo‘lda bor kuchimiz bilan harakat qilmoqdamiz. Ishonamanki, mavsumning ikkinchi qismini jamoa uchun yanada yaxshi o‘tadi va o‘z maqsadimizga erishamiz”.

O‘zbekistonlik hujumchi faoliyatini nega “Bashakshehir”da davom ettirgani haqida ham to‘xtaldi

“Men ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun "Bashakshehir"ni tanladim. Murabbiylar shtabining ishlash uslubi va jamoaning o‘yin falsafasi menda katta taassurot qoldirdi. Hozir e’tiborim faqat klubga qaratilgan. Ligadagi boshqa jamoalar variantlarini umuman ko‘rib chiqmadim. Hozir jamoaga ham, Istanbul shahriga ham moslashib bo‘ldim. Ishonamanki, qattiq mehnat qilsak, Xudo buning mukofotini beradi”.

Nuri Shahin hamda jamoadagi raqobat haqida

O‘zbekistonlik futbolchi bosh murabbiy Nuri Shahin jamoa boshqaruviga kelganidan so‘ng istanbulliklarning o‘yini sezilarli darajada o‘zgarganini ta’kidladi:

“Nuri Shahin ish boshlagan ilk kunidanoq jamoada ko‘plab narsalarni o‘zgartirdi. Uni hamma taniydi va yaxshi biladi. Ishonch bilan ayta olamanki, jamoa Nuri Shahin bilan birga sezilarli darajada rivojlandi. To‘g‘ri yo‘lda ketayotganimizni his qilyapman. Eng muhimi, u har bir futbolchining nimalarni his qilayotganini juda yaxshi tushunadi. Bu biz uchun nihoyatda muhim”.

Shomurodov jamoada Nunu da Kosta, Daviye Selke va Bertug‘ Yildirim kabi tajribali hujumchilar borligi, shu sababli klub ichidagi raqobat juda kuchli ekanini ham ta’kidladi:

“"Bashakshehir"da raqobat juda yuqori. Shu bois ba’zan turli pozisiyalarda o‘ynashga to‘g‘ri keladi. "To‘qqizlik" pozisiyasida harakat qilish yoqimli, biroq agar "o‘nlik"da ham jamoaga foyda keltira olsam, bunga tayyorman”.

Terma jamoa hamda Abbosbek Fayzullayev haqida

“Biz tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga yo‘llanma oldik. Bu barcha uchun katta quvonch. Hozir tayyorgarlik jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Eng muhimi — musobaqada munosib ishtirok etish. Guruhdan chiqish uchun imkoniyat har doim bor. Biz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yuqori natija qayd etishga intilamiz”.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori klubdagi sherigi Abbosbek Fayzullayev haqida ham fikr bildirdi:

“Fayzullayev O‘zbekistonning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri. Dastlab jamoaga moslashishda bir oz qiynaldi, biroq hozir hammasi joyida va u tobora dadilroq o‘ynamoqda. Agar Abbosbek hozirgi formasini saqlab qolsa, mavsumning ikkinchi yarmida juda yorqin o‘yin namoyish etishi mumkin”.

Shomurodov o‘z faoliyatidagi eng unutilmas o‘yin haqida gapirar ekan, Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi uchrashuvni eslab o‘tdi:

“Bu o‘yin menga Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini bergan bahs edi. Uchrashuvdan keyin butun faoliyatim ko‘z o‘ngimdan o‘tib ketgandi”.

​“Davlatimiz va Prezidentimiz futbolga katta e’tibor qaratmoqda”

Eldor Shomurodov so‘nggi yillarda O‘zbekiston futboli sezilarli darajada rivojlanganini ta’kidladi:

“Eng avvalo, Prezidentimiz futbolga katta e’tibor qaratmoqda. Yurtimizda yoshlar uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar yaratilmoqda va aynan shu omillar evaziga bunday natijalarga erishyapmiz. O‘ylaymanki, so‘nggi 10–15 yil ichida juda katta o‘sishga erishdik”.

“Turkiya Jahon chempionatiga albatta yo‘llanma oladi”

Shomurodov Turkiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonch bildirdi:

“Turkiya terma jamoasi ham Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi, chunki ularning tarkibi juda kuchli. Agar o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olsa, Jahon chempionatida ham yaxshi natijalar qayd etishiga ishonaman”.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum “Bashakshehir” safida jami 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Shomurodovning qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:23, 21.01.2026.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.