Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qozog‘istonlik WBO va IBF chempionining “B” doping namunasi ham ijobiy chiqdi

Qozog‘istonlik WBO va IBF chempionining “B” doping namunasi ham ijobiy chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

WBO va IBF yo‘nalishlarida Jahon chempioni bo‘lgan Jonibek Alimxanulining “B” doping namunasi ham ijobiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda Qozog‘iston professional boks federasiyasi prezidenti Rahimjan Erdenbekov ma’lum qildi.

“Yaqinda Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan yuborilgan 34 betlik yakuniy ekspertiza xulosasini oldik. Ha, “B” namunasi tasdiqlandi. Hozir asosiy savol — sportchi taqiqlangan moddani ongli ravishda qabul qilganmi yoki u organizmga boshqa yo‘l bilan tushib qolganmi. Hozircha shu savol ochiq qolmoqda”, dedi Erdenbekov.

Mazkur vaziyatga bokschining menejeri Berik Sultan ham munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hatto diskvalifikasiya qo‘llaniladigan bo‘lsa ham, Jonibek ringga qaytadi.

“Bizning karyeramizga nuqta qo‘yayotganlar adashmoqda. Hozircha Jonibek chetlatilmagan va u hamon chempion. Rasmiy qaror e’lon qilingach, keyingi qadamlar belgilanadi. Agar yarim yil yoki bir yilga diskvalifikasiya bo‘lsa ham, biz qaytamiz. Jonibek hozir 33 yoshda, oldinda hali ko‘p imkoniyatlar bor. “Kazakh Style” yana ringda porlaydi”, dedi Sultan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Alimxanulining doping testidan o‘ta olmagani va uning tahlillarida meldoniy moddasi aniqlangani haqida xabar qilingandi. Shu sababli 7 dekabr kuni AQSHning San-Antonio shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, kubalik Erislandi Laraga qarshi o‘rta vazn (72,6 kg) toifasidagi jang bekor qilingan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:51, 22.01.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.