Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Janni Infantino: «O‘zbekiston millat sifatida ham, hamkor sifatida ham ishonch va e’tirofga loyiq davlat»

Janni Infantino: «O‘zbekiston millat sifatida ham, hamkor sifatida ham ishonch va e’tirofga loyiq davlat»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbek futbolining rivojlanishi va o‘zbekistonlik sportchilarning so‘nggi yillardagi yutuqlari haqida fikr bildirib, videomurojaatnoma yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

– 2016 yilda FIFA prezidenti lavozimiga kirishganimdan buyon O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurishga to‘g‘ri keldi, - dedi FIFA rahbari videomurojaatnomasida. – Har bir tashrif mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va izchil modernizasiya yo‘lidan borayotganini tasdiqlaydi.

Turli sohalarning izchil rivojlanishi futbol sohasida sezilarli taraqqiyot bilan birga kechdi. O‘zbekiston 1994 yilda FIFAga a’zo bo‘lganidan beri mamlakat futbol tizimi strategik rejalashtirish, infratuzilmaga sarmoya kiritish va futbol ta’limini rivojlantirish orqali sezilarli darajada mustahkamlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng sport va futbolni rivojlantirishga aniq yo‘nalish berdi. Futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi, o‘zbek yoshlarining salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etishida muhim ahamiyat kasb etdi.

FIFA turnirlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi futbolning global miqyosda kengayishi va uning xalqaro miqyosda e’tirofini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati tarixiy voqea bo‘lib, mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib FIFA turniriga mezbonlik qildi.

Men 2025 yil sentyabr oyida tashrif buyurgan Olimpiya shaharchasi O‘zbekistonning FIFAning yangi turnirlarini o‘tkazish uchun munosib nomzod sifatida ishonch bilan o‘zini ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi. Buni O‘zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan U20 jahon chempionatiga mezbonlik qilishi ham tasdiqlaydi. Mazkur U20 jahon chempionati ikki konfederasiya tomonidan o‘tkaziladigan ilk turnirdir.

Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha katta rejalar, jumladan, Kattaqo‘rg‘onda futbol akademiyasini tashkil etish futbolga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi va FIFAning har bir iste’dodga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berish missiyasiga mos keladi.

Men FIFA O‘zbekiston hukumati va futbol assosiasiyasini o‘z maqsadlarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlay olganimdan faxrlanaman. O‘rtamizdagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanishim men uchun katta sharaf.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston xalqlar, madaniyatlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga intilayotganini ta’kidladi. Bu FIFA to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan falsafa bo‘lib, O‘zbekiston biz uchun futbolni rivojlantirishda ishonchli va strategik hamkor ekanini tasdiqlaydi.

Biz O‘zbekiston bilan birgalikda millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni rivojlantirishda davom etamiz. Chunki O‘zbekiston millat sifatida ham, hamkor sifatida ham ishonch va e’tirofga loyiq davlat.

Surat O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olindi

Manba: dunyo.info
Kiritildi: 15:00, 23.01.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.