Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Tennischi Kamilla Rahimova nima uchun O‘zbekistonga o‘tganini tushuntirdi

Tennischi Kamilla Rahimova nima uchun O‘zbekistonga o‘tganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Avval Rossiya sharafini himoya qilgan, jahon reytingida 93-o‘rinda borayotgan tennischi Kamilla Rahimova "First&Red"ga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tish qarorini qanday qabul qilgani haqida so‘zlab berdi.

U o‘tgan yil dekabr oyida sport fuqaroligini o‘zgartirdi.

— Aslida menga O‘zbekiston federasiyasidan murojaat qilishdi. O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishga yordam berish haqida taklif bo‘ldi. Uzoq o‘yladim, tarozuga solib ko‘rdim. Bu men uchun juda muhim qadam edi. Men butun yuniorlik faoliyatim davomida Rossiya uchun ishtirok etganman. Afsuski, Fed Cup’da o‘ynamaganman, ya’ni rasman «bog‘lanib qolmaganman». Shuning uchun ham, o‘ylaymanki, menga shunday taklif bilan chiqishgan. Biz o‘ylab ko‘rdik, mulohaza qildik va men bu qarorga kelishga rozi bo‘ldim. Karyera bitta, undan barchasini olishni istaysan. Qolaversa… O‘zbekiston men uchun mutlaqo begona mamlakat emas. Onam o‘sha yerdan, u yerda qancha yil yashagan — taxminan 25 yilcha, buvi-buvalarim ham o‘sha yerda. Bolaligimda u yerga tez-tez borib turardim, ko‘p vaqt o‘tkazganman. Shuning uchun «ha» dedim.

— Bu qarorni qabul qilishdan oldin uzoq o‘yladingmi?
— Taxminan, bilmadim, to‘rt oycha.

— Bu masalani oilang bilan muhokama qildingmi yoki faqat o‘zing o‘ylab hal qildingmi?
— Albatta, muhokama qildim — ham oilam bilan, ham jamoam bilan. Lekin, ehtimol, ko‘proq oilam bilan. Baribir eng muhim so‘z men tomondan aytildi.

— His-tuyg‘ularda qandaydir o‘zgarish bormi? Balki kortda nimadir o‘zgargandir? Yoki hammasi avvalgidekmi?
— Faqat hozir anglab yetdimki, nazarimda, kecha mening birinchi rasmiy o‘yinim bo‘ldi. Chunki yil oxirida ham o‘ynaganman, ammo O‘zbekiston matbuot xizmati men o‘tganim haqida xabarni e’lon qilgandi. O‘sha turnirni esa hali bayroqsiz o‘ynaganman va uni yutganman («Chellendjer» Anje shahrida). Lekin mukofotlash marosimida O‘zbekiston elchisi qatnashgan edi. Bu yangilik barcha kanallar, barcha OAVlar orqali tarqaldi. Shundan keyin boshqa turnirlar bo‘lmadi, demak kechagi o‘yin birinchi bo‘ldi. Faqat qo‘llab-quvvatlash va e’tibor biroz ko‘paydi. Chunki sen mamlakatning o‘ninchi raketkasi bo‘lsang, sendan nimadir kutishadi. Nimadir istashadi, qayerdadir tanqid qilishadi, qayerdadir muhokama qilishadi — hayot shunday.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 15:08, 23.01.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик