Eron chempionati 17-turida "Persepolis" "Sepaxon"ni qabul qilmoqda. Hozircha hisob 2:0.
Mezbonlar safida 49-daqiqada Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Igor Sergeev O‘runovning uzatmasidan so‘ng jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Bu Sergeev uchun tehronliklar safida debyut gol bo‘ldi.













