Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Karrager Vinisiusni tanqid qildi

Karrager Vinisiusni tanqid qildi

Baho:
+2 | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida «Real» «Levante»ni (2:0) mag‘lub etgan o‘yin vaqtida tunnelda ko‘z yoshi to‘kkani uchun madridliklar vingeri Vinisius Juniorni tanqid qildi. Shuningdek, angliyalik ekspert braziliyalik futbolchini bosh murabbiy Xabi Alonsoning ishdan ketishiga sababchi bo‘lganlikda aybladi.

«U — asosiy muammo. Murabbiy aynan shu sabab ishidan ayrildi. Bu qanday ishlashini hammamiz bilamiz. Ammo muxlislar hushtak chalgani uchun tunnelda yig‘lashni boshlama! Sen murabbiyning ishdan bo‘shatilishiga sababchisan! Unga hech qanday hamdardlik yo‘q. Codir bo‘lgan bu holat… Xabi Alonso «Real»ning afsonasi — murabbiy sifatida emas, futbolchi sifatida. U bu yerda Chempionlar ligasi va La Ligani yutib olgan. U, shubhasiz, o‘rganish jarayonida bo‘lgan yuqori saviyali yosh murabbiy.

Men Vinini bu holat uchun tanqid qilmaganman, chunki «Real» uchun bunday vaziyat odatiy. Ilgari ham boshqa o‘yinchilar shunday qilgan va murabbiy ishidan ayrilgan. Alonso nimaga qo‘l urayotganini yaxshi tushunardi. Lekin tunnelda yig‘lashni boshlama», — deya Karragerning so‘zlarini CBS Sports keltiradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:45, 24.01.2026.
O'qildi: 2508 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.