"Norvich" "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Amassni ijaraga olganini e’lon qildi.
18 yoshli britaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. U 2-raqamda harakat qiladi.
"MYU" futbolchining "Sheffild Uensdey"dagi ijarasini to‘xtatdi.
2025/26 yilgi mavsumda Amass Chempionshipda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.













