"Lion" hujumchisi Endrik Liga 1 doirasida "Mets"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi Fransiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan o‘yinning 11-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Endrik yana gol urdi va uchinchi golni 87-daqiqada penaltidan kiritdi.
Endrik shu yilning yanvarida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o‘tgan edi. Klubdagi uchta o‘yinda forvard to‘rtta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.













